KORPORATIV TIZIMLARDA AXBOROT XAVFSIZLIGI RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI
Xavflar yoki risklar axborot tizimlarining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri sifatida e’tiborga olingan. Xatarlarni boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilmaslik esa har bir korporativ tizimlarning ishlashi va natijalariga tahdid solishi mumkin. Korporativ tizimlarni boshqarishda loyiha menejerlari va guruhlariga tavakkalchilik ta’sirini engish yoki minimallashtirishda yordam berish uchun ko‘plab risklarni boshqarish modellari va standartlari ishlab chiqilgan bo‘lib, xatarlarni boshqarishning amaliyoti nisbatan kam va u to‘liq qo‘llanilmagan. Usbu maqolada axborot xavfsizligida risklarni boshqarish usullarini aniqlash va tatqiq etishda asosiy vositalar o‘rganilgan va ularning loyihani amalga oshirishdagi muhimlilik darajasi ko‘rsatib o‘tilgan.