IOT-GA ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN MONITORING TIZIMINI PROTEUS DASTURDA MODELLASHTIRISH
Ma’lumki IoT (Internet of Things) texnologiyalari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hisoblash qurilmalari, raqamli mashinalar va obyektlarni noyob identifikatorlar orqali ma’lumotlarni uzatish imkoniyati bilan taminlaydi. Bugungi kunda IoT ga asoslangan monitoring tizimlarini Proteus dasturining modellashtirish vositalari yordamida, jumladan virtual mikrokontrollerlar, sensorlar, tarmoq ulanishlari va bulut xizmatlaridan foydalangan holda modellashtirish mumkin.Proteus dasturiy ta’minoti IoT bilan ishlaydigan qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashish uchun virtual muhit yaratish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada Proteus dasturining bunday imkoniyatlaridan foydalanib qishloq xo‘jaligida yer maydoni parametrlarini masofadan monitoring qilish simulyatsion modeli ishlab chiqildi. Bunda turli xil IoT qurilmalarining ishlashi, ularning sensorlar bilan o‘zaro ta’siri, shuningdek, turli tarmoq protokollari orqali aloqani simulyatsiya qilish imkoniyati tahlil qilindi, IoT-ga asoslangan avtomatlashtirilgan monitoring tizimi modelinig natijalari tadqiq etildi.