Kutubxonalar va ilmmetriy. Integratsiya yо'llari
Maqola ilmmetrika asoslari, asosiy tushunchalar va ta'riflar, shuningdek, О'zbekistonda kutubxonalar, ayniqsa OTM kutubxonalari faoliyatini ilmmetrik tadqiqotlar bilan ta'minlash, nashriyot faoliyati tо'g'risida ilmmetrik hisobotlarni tayyorlash, reyting ma'lumotlarini tо'plash, ilmiy nashrlarning ahamiyati masalalariga bag'ishlangan. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni kо'rsatmoqdaki, axborot texnologiyalarini rivojlantirish asrida kutubxonalarning ilmiy-texnik taraqqiyotdagi rolini kо'tarish, axborot xizmatlarini turli xilda amalga oshirish, nashryotlar, nashrlar, yakka mualliflar bо'yicha tahliliy ma'lumotlar bazalarini shakllantirish bilan bog'liq. Ilmmetrik tadqiqotlar nafaqat xizmatlarning samaradorligini oshiradi, balki u kutubxonalarning obrо'sini kо'tarish hamda ularning fan va ta'lim uchun asosiy axborot manbai sifatidagi ahamiyatini saqlab qolishga xizmat qiladi.