Ilmmetriya asoslari
Respublika axborot-kutubxona markazi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti kutubxonasi
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi
Zamonaviy ta'limning rivojlanishi ilmiy ta'limiy axborotlarning yangi manbaalarining mavjudligiga bog'liq bo'lib, qimmatli axborot manbaalaridan foydalanishga bo'lgan imkoniyatning mavjudligi, o'quv materiallarini sifatini bir necha bor ortishiga, shuningdek, olingan bilimlarni ilmiy va kasbiy faoliyatda qo'llashga imkon yaratadi. Mazkur monografiya ilmmetriyaning asosiy tushunchalari, ilmmetrik ko'rsatkichlarni baholash usullari masalalariga bag'ishlangan bo'lib, ilmmetriya, analitik axborot tizimlari va ularning ishlash usullari va texnologiyalari haqida umumiy tushuncha beradi. Monografiyada "Jahon axborot resurslari" kursini chuqur o'rganish uchun qo'shimcha materiallar mavjud. Monografiya materiallari doktorantlar, malaka oshirish kurslari inglovchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalar uslubiy yordam ko'rsatish, O'zbekistonda erkin foydalanish uchun taqdim etilgan analitik axborot tizimlari va ularning ishlash usullari va texnologiyalari haqida umumiy tushuncha berishdan iboratdir. Shu jumladan, analitik axborot tizimlaridan foydalanuvchi keng kitobxonlar ommasi, axborot kutubxona xizmati darajasini oshirishni istagan kutubxonachilar uchun ham foydali bo'ladi.