Amaliy matematika unsurlari
Mazkur o'quv qo'llanmasining 1-6- boblarida hisoblash matemati- kasining xatoliklar nazariyasi, algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, chiziqli va chiziqsiz tenglamalar tizimini yechish usullari, interpolyasion formulalar, differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari, aniq integrallarni taqribiy hisoblash formulalari keltiriladi. Yettinchi va sakkizinchi boblar esa amaliy matematikaning muhim bo'limlaridan bo'lgan ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaga bag'ishlanadi. Matematik programmalashtirish qo'llanmaning to'qqizinchi bobidan joy olgan. Qo'llanmaning so'nggi o'ninchi bobida variatsion hisob haqidagi dastlabki ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma oliy texnika institut- larining talabalari va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan bo'lsada, shu so- haga qiziquvchilar undan mustaqil o'rganish maqsadida ham foydalanish- lari mumkin.