Ehtimollar nazariyasidan masalalar to'plami
O'quv qo'llanmada ehtimollar nazariyasining tasodifiy hodisa, ehtimol, tasodifiy miqdor, taqsimot funksiyalarni, tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi kabi mavzular va ularga doir masalalarni yechish usullari bayon qilingan. O'quv qo'llanma universitetlarning 5460100-matematika bakalavrlik yo'nalishi o'quv rejasidagi ehtimollar nazariyasi fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Unda fan bo'limlari bo'yicha masalalarni mustaqil yechishda foydalaniladigan nazariy ma'lumot va formulalar hamda namunaviy masa- lalar yechimlari bilan keltirilgan. Mazkur qo'llanmadan mexanika, amaliy matematika va informatika, fizika hamda iqtisodiyot yo'nalishlarining tala- balari, shuningdek ehtimollar nazariyasi bilan shug'ullanadigan barcha mu- taxassislar ham foydalanishlari mumkin.