PHP7 dasturlash tili

Ch.B. Normurodov, Sh.A. Mengliyev
PHP, dasturlash
«Nihol print» OK nashriyoti
2020
O'quv qo'llanma
UzbekLatin
Texnika fanlari
Uzbekistan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitet
None
215
public

Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 -“Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Veb dizayn”, “PHP veb dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga yunaltirilgan bo‘lib, qo‘llanmadan PHP7 tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PHP7 dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PHP7 tilidagi dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PHP7 tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.

Похожие ресурсы