Optika, atom fizikasi hamda yadro va elementar zarralar fizikasidan laboratoriya ishlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma оptika, atom fizikasi hamda yadro va elementar zarralar fizikasidan yangi olingan zamonaviy laboratoriya ishlarini bajarishga doir bo‘lib fan dasturi asosida о‘zbek tilida tayyorlangan. Unda оptika, atom fizikasi hamda yadro va elementar zarralar fizikasidan laboratoriya ishlarini bajarishda xatoliklarni hisoblash usullari, ishni bajarishdan maqsad, kerakli laboratoriya jihozlari, qisqacha nazariy ma’lumotlar, ishni bajarish tartibi va sinov savollari, foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Keltirilgan laboratoriya ishlari о‘quv jarayonida bajarib kо‘rilgan. Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talaba o‘ta nozik optik rostlashlar qiladi. Bu talabada amaliy ko‘nikmani shakllanishiga olib keladi. Yangi olingan laboratoriya ishlarida talaba mavzuning eng nozik qismlarini ham e’tibordan qochirmasligi hisobga olingan.