5G TARMOQLARIDA RADIO RESURSLARNI TAQSIMLASH USULLARINI TAHLIL ETISH

Amirsaidov U.B., Asqarova N.S.
eMBB, uRLLC, mMTC, Deep Reinforcement Learning (DRL), davriy rejalashtirish (PS), grantga asoslangan rejalashtirish (GB), grantsiz rejalashtirish (GF), neyron tarmoq, genetik algoritm va Fuzziy logic tizimi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2024
Ilmiy maqola
UzbekLatin
Texnika fanlari
Uzbekistan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitet
None
7
public

5G tarmoqlari mobil tarmoqlarning oldingi avlodlarining cheklangan funksiyalarini sezilarli darajada kengaytiradi. Ushbu xizmatlarga kengaytirilgan mobil keng tarmoqli (eMBB), ultra ishonchli past kechikishli aloqa (uRLLC) va massiv Mashina tipidagi aloqa (mMTC) kiradi. Borgan sari keng tarqalgan URLLC ilovalari faqat yangi radio (NR) beshinchi avlod (5G) kabi moslashuvchan aloqa tizimi bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni talab qiladi. Jismoniy resurs bloki (PRB) 5G mobil tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun bitta qurilmaga ajratilgan radio resurslarning eng kichik birligidir. 5G tarmog‘ining optimal ishlashiga ko‘rib chiqilayotgan tarmoq bo‘laklari o‘rtasida resurslarning optimal taqsimlanishini aniqlash orqali erishiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada 5G tarmoqlaridagi radio resurslarni taqsimlashdagi mavjud usullarini tahlil etishga asoslanadi. 5G tarmoqlaridagi radio resurslarni taqsimlashning: davriy rejalashtirish (PS), grant asosidagi rejalashtirish (GB) va grantsiz rejalashtirish (GF), Deep Reinforcement Learning (DRL), genetik algoritm, neyron tarmoq va Fuzzy logic tizimi orqali taqsimlash usullarini ko‘rib chiqilgan.

Похожие ресурсы