TALABALARNING SALOHIYATINI BAHOLASH DASTURIY MAJMUASINING FUNKSIONAL MODULLARI TAVSIFI
Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishi o‘z navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga bog‘liq. Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh mutaxassis kadrlarning ta’lim faoliyatini samarali tashkil qilish, zamonaviy kasbiy malakalarini oshirish uchun ularning kompetentligini aniqlash va baholash tizimini ishlab chiqish hozirda dolzarb ekanligini anglatadi. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual salohiyatini baholash axborot jarayonlari, baholash dasturiy majmuasining funksional modullari, dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha ruxsatlarni nazorat qilish mexanizmi keltirilgan.