BOLALARDA SURUNKALI TONZILLITNI TASHXISLASHDA NORAVSHAN USULLAR TAHLILI

Primova X.A., Nabiyeva S.S., Bobabekova M.U.
noravshan ma'lumotlar; bolalar tonzilit kasalligi; noravshan taksonomik tuzilmalar. noravshan qoida xulosasi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2024
Ilmiy maqola
UzbekLatin
Texnika fanlari
Uzbekistan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitet
None
6
public

Ushbu maqolada bolalarda surunkali tonzillitni noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy qaror qabul qilish tizimini taklif qilinadi, u simptomlarning og‘irligini, kasallik tarixini va test natijalarini ifodalash uchun noravshan to‘plamlardan, shuningdek, chiqish sifatida noravshan qoidalar va mulohazalardan foydalanadi. Taklif etilayotgan tizim bemorning ahvolini aniqroq va batafsilroq tushunishni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, bu shifokorlarga bemorning ahvolidagi o‘zgarishlarni kuzatishda va davolanishni shunga mos ravishda sozlashda yordam beradi. Tavsiya etilgan tadqiqot bolalarda surunkali tonzilliti bor bemorlar namunasidan ma'lumotlarni to‘plash va noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy qarorlar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash kerakki, noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy qarorlar qabul qilish tizimlari bemorlarni davolashning eng yaxshi natijalarini ta'minlash uchun boshqa tibbiy bilimlar va vositalar bilan birgalikda qo‘llanilishi kerak. Bolalarda surunkali tonzillit kasalligi uchun noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy qarorlar tizimi tashxisining aniqligi va samaradorligini oshirishi mumkin, bu esa bemorlarning natijalari va hayot sifatini yaxshilashga olib keladi.

Подобных ресурсов не существует