TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY ALGORITMLARI
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) algoritmlari insonning til ma’lumotlarini, shu jumladan, strukturlanmagan matn ma’lumotlarini qayta ishlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda NLP algoritmlari til qoidalariga asoslangan, statistik va sun’iy intellektga asoslangan yondashuvlar asosida ishlab chiqiladi. Til qoidalariga asoslangan yondashuv asosida asosan NLP vazifalari uchun lingvistik bazalarni shakllantirish va til korpuslarida razmetkalash amallari bajariladi. Statistik algoritmlar mashinalarga inson tillarini o‘qish, tushunish va ma’no olish imkonini beradi hamda katta hajmdagi (bigdata) matnlarni qayta ishlashga asoslanadi. Statistik algoritmlardan nutqni tanib olish, mashina tarjimasi, hissiyotlarni tahlil qilish, matnlarni tasniflash va tahlil qilish kabi koʻplab NLP vazifalarda qo‘llaniladi. Bugungi kunda mashinali o‘rganish (ML) algoritmlarining CNN va RNN texnologiyalari asoslangan chuqur o‘rganish modellari mavjud NLP tizimlarini “o‘rganish” imkonini beradi va katta hajmdagi strukturlanmagan matnlarni yanada aniqroq qaytaishlash imkonini beradi. Ushbu maqolada bugungi kundagi NLPning zamonaviy algoritmlari va konsepsiyalari haqida fikr-mulohaza yuritiladi va o‘zbek tilidagi matnlarni ushbu algortimlar asosida qayta ishlash usullari keltiriladi.