Operatsion tizimlar
Operatsion tizimlar hisoblash mashinalari va hisoblash tizimlari uchun dasturiy ta’minotning asosidir. Hozirgi kunda kompyuterlashtirish hayotimizning barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari va ularning ahamiyati, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari va imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. O‘quv qo‘llanmada “Operatsion tizimlar” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilimlar: operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati, ularning tuzilishi va asosiy komponentlari, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari bo‘lgan jarayonlarni boshqarish, protsessorni boshqarish, xotirani tashkil etish va boshqarish usullari, tashqi qurilmalarni boshqarish, fayl tizimi va fayllarni boshqarish masalalari, tarmoq operatsion tizimlari va ularning imkoniyatlari, tarmoq xizmatlari va ularni tashkil etish, xavfsizlik va himoya vositalari va dasturlari, amaliyotda keng qo‘llaniladigan Linux, Windows, Android operatsion tizimlari, ularning qurilish tamoyillari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.