XORIJIY KUTUBXONALAR FAOLIYATIDA HUJJATLARNI PROFILAKTIK KONSERVATSIYA QILISH TAJRIBALARI VA ILMIY KUTUBXONALAR FONDLARINI SAQLASHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI
Jamiyat kelajak avlodlar oldida madaniy merosni asrab-avaylash uchun doimo mas’uldir. Bu qoida, ayniqsa, bir tomondan, bizgacha yetib kelgan tarixiy va madaniy yodgorliklarning qadr-qimmatini chuqur anglab yetayotgan, ikkinchi tomondan, ularning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortib borayotgan zamonamizda ayniqsa dolzarbdir. Yirik shaharlarda doimiy ravishda yomonlashib borayotgan ekologik, iqtisodiy va siyosiy vaziyat, beqarorlik, vandalizm va hujjatlarni e’tiborsiz qoldirish holatlari tufayli kutubxonalarda va arxivlar fondi yo‘q bo‘lish xavfi ostida turibdi. Ushbu maqolada hujjatlarni boshqarish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan keng doiradagi mutaxassislarni chet elda hujjatlarni muhofaza qilishning qonunchilik va huquqiy jihatlari shuningdek, foydalanish mumkin bo‘lgan mexanizmlar va usullarni keltirib o‘tilgan.