LOGOPERIODIK ANTENNANI MMANA DASTURIDA MODELLASHTIRISH VA LOYIHALASH

Gubenko V.A., Aripova U.X., Berdiyev A.A., Alimuhammedova M.E., Kan V.S.
logoperiodik antenna (LPA), ultra yuqori chastota, vibratorlar, tok taqsimoti, elektr parametrlar, yo‘nalganlik diagrammasi, kompyuterli modellashtirish.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2024
Ilmiy maqola
UzbekLatin
Texnika fanlari
Uzbekistan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitet
None
9
public

Ultra yuqori chastota diapazoni uchun mo‘ljallangan logoperiodik antenna zamonaviy simsiz telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy elementi hisoblanadi. U zamonaviy yuqori chastotali texnologiyalar talablariga javob beradi hamda berilgan chastota diapazonida ishonchli va samarali maʼlumotlarni uzatishni taʼminlaydi. Ishchi chastota diapazoni kengligi va yuqori yo‘nalganlik xususiyatga ega ekanligi - logoperiodik antennani zamonaviy telekommunikatsiya aloqa tizimlari uchun ideal tanlov sifatida foydalanish imkonini beradi. Logoperiodik antenna signallarni uzoq masofalarga samarali uzatishga va radiochastota muhitining o‘zgaruvchan sharoitida barqaror aloqani taʼminlashga qodir. Ushbu maqolada simsiz telekommunikatsiya tizimlarida foydalaniladigan keng dapazonli logoperiodik antenna elementlarining sonini oshirish, mazkur turdagi antennalar yasalgan material turini o‘zgartirish hamda ular ishlovchi muhit turini o‘zgartirish orqali antennalarning elektr parametrlarini va yo‘nalganlik xususiyatlarini ultra yuqori chastota diapazonida kompyuterli modellashtirish asosida olingan tadqiqot natijalari muhokama qilinadi. Antenna qurilmasini kompyuter dasturi yordamida loyihalash jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga boʻlish mumkin: muammo bayoni, strukturaning sintezi, elektr xususiyatlarini matematik modellashtirish va tahlil qilish, parametrlarni optimallashtirish, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi tahlili. Ilmiy tadqiqotlar 450-870 MHz chastota polosalari oralig‘ida MMANA-GAL dasturi asosida modellashtirildi. Ushbu dastur hisob-kitoblar uchun ma’lumotni oson tayyorlash va natijani tahlil qilish imkonini beradi. Antenna modelini yaratish va natijalarni koʻrsatish uchun dasturning matnli va grafik rejimlardan foydalanildi.

Similar resources do not exist